Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Rossiyadagi mashhur kino institutining filiali ochiladi

Toshkentda Rossiyadagi mashhur kino institutining filiali ochiladi

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) binosi

Foto: «O‘zbekkino» MA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017-yil 29-dekabrda kinematografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha taklif tayyorlash belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining kino sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan muzokaralar olib borishi va natijasi yuzasidan tegishli taklif tayyorlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur oliy ta’lim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, o‘zbek kinosi arboblarining ko‘pchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring