Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda valyutafurushning uyidan qariyb 240 ming dollar topildi

Toshkentda valyutafurushning uyidan qariyb 240 ming dollar topildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkentdagi dollarfurushning uyidan qariyb 240 ming dollar pul chiqdi. 

Chilonzor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxsdan 239 356 AQSh dollari va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.A. (muqaddam sudlangan) o‘z uyida navbatdagi mijoz I.A.ga 5 502 AQSh dollarini 69,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan valyuta qimmatliklarini olish va o‘tkazishda foydalanib kelingan jami 239 356 AQSh dollari va 482 mln so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring