Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi bozorlar qachon sotuvga qo‘yiladi?

Toshkentdagi bozorlar qachon sotuvga qo‘yiladi?

Foto: Xabar.uz

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi bozorlarning sotilishi haqida turli ma’lumotlar tarqatilmoqda. Chindan ham bozorlar sotilyaptimi? Ijtimoiy tarmoqlarda shu mavzuda tarqalayotgan turli savollar yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 27-oktyabrda Prezidentning «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xusususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatda mamlakatimizdagi 500 dan ortiq bozor va savdo komplekslari alohida yondoshuv asosida isloh qilinishi haqida topshiriq bor.

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hozirgi kunda Agentlik tomonidan bozor va savdo komplekslarining moliyaviy ko‘rsatkichlari va mulkiy masalalari o‘rganilmoqda va qaror loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

Yuqoridagilarga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlarining sotilishi (xususiylashtirilishi) masalasida quyidagilarni ma’lum qildi:

▪️bugungi kunda respublikadagi bozor va savdo komplekslarini sotish jarayoni hali boshlangani yo‘q;

▪️bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilingandan keyin, unda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi;

▪️normativ hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha amaldagi tartibga asosan qaror loyihasi maxsus veb portalda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, bildirilgan fikr va mulohazalar, vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarning takliflari fikr-mulohazalari eshitiladi;

▪️shu bilan birga soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, mustaqil kuzatuvchilar, OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida davra suhbati ko‘rinishida muhokama tashkil qilinadi, bu jarayon OAVda yoritiladi;

▪️muhokama natijalari asosida qayta ishlangan qaror loyihasi Adliya vazirligining yuridik ekspertizasi asosida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;

▪️bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlarning savdolarga qo‘yilishi, sotilishi va sotishdan keyingi monitoring jarayonlari qonunchilik talablari asosida Agentlik rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlari va OAVda doimiy ravishda yoritib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring