Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya O‘zbekiston bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etmoqchi

Turkiya O‘zbekiston bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etmoqchi

2-avgust, seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi uch tomonlama yig‘ilishda Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Turkiya O‘zbekiston bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etishini ma’lum qildi.

«Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini o‘rnatish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichga yetdi va sinov dasturini ishga tushirish uchun texnik tomonlari ustida ish boshlandi», – dedi Mehmet Mush.

Mushning qayd etishicha, uch mamlakat muhim birlashgan tijorat salohiyatiga ega, umumiy yalpi ichki mahsuloti qariyb 1 trillion dollar va aholi soni 130 millionga yaqin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan imzolangan imtiyozli savdo shartnomalari bu salohiyatni ro‘yobga chiqarish muhimligidan dalolat beradi.

«Ushbu kelishuvlar ko‘lami kengayishi bilan savdo aloqalarimiz yangi davrga kirishiga ishonaman. Bundan tashqari, bojxona postlarida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘riladigan qadamlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni osonlashtiradi va hajmni oshiradi», – deydi Turkiya Savdo vaziri.

Shuningdek, u Ozarbayjon va O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosida muhim o‘rin tutsa, Ozarbayjon va O‘zbekistonning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bilan savdosida Turkiya ham ko‘prik vazifasini o‘tashini ta’kidlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring