Turkiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi
Turkiyaning shimoliy-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
Turkiyaning shimoliy-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
Avtobus Istanbuldagi Oqsaroy shahridan o‘quvchilarni aviashouga olib ketayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlar: bir o‘quvchi va bir o‘qituvchi. Tan jarohati olganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Avariya yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtobusning shinasi yorilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter