Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«U yerda akulaga duch kelishimizni kutmagandik...»

«U yerda akulaga duch kelishimizni kutmagandik...»

Avstraliyalik olimlar ilk bor Antarktida suvlarida ham akulalar yashashini aniqlashdi. Associated Press xabar berishicha, tadqiqot qurilmasiga o‘rnatilgan kamera Janubiy Shetland orollari yaqinida, taxminan 490 metr chuqurlikda akulani qayd etgan.

«Biz u yerda akulaga duch kelishimizni umuman kutmagan edik, chunki Antarktidada akulalar bo‘lmaydi, degan umumiy qoida bor. Buning ustiga, u kichkina emas, balki juda ulkan akula. Bu mavjudotlar haqiqiy tanklarning o‘zginasi», — dedi tadqiqotchi Alan Jeymison.

Uzunligi 3-4 metr keladigan akula 2025-yilning yanvarida kameraga tushib qolgan, biroq bu ma’lumotlar endi jamoatchilikka e’lon qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring