Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya janubidagi portga kuchli zarba berdi

Ukraina Rossiya janubidagi portga kuchli zarba berdi

22 avgust kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi "Kavkaz" portiga zarba berdi. "Baza" Telegram kanali obunachilarga asoslanib, bandargoh ustida qalin tutun ustuni paydo bo‘lganini xabar qilgan. 

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan zarba berilgan "Kavkaz" portidagi paromda 30 ta yoqilg‘i baki bo‘lgan. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi, Temryuk tumani rahbari Fyodor Babenkov o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Unga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da portda turgan temir yo‘l paromiga hujum uyushtirilgan.

Voqea joyida 12 ta o‘t o‘chirish brigadasi, 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi, Temryuk tumani avariya-qutqaruv xizmati qutqaruvchilari hamda boshqalar ishlamoqda. 

Paromda besh kishi ham bo‘lgan, ularning taqdiri hozircha aniq emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring