Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik tarbiyachiga chora ko‘rishni so‘rab, prokuraturaga murojaat qiladi

Vazirlik tarbiyachiga chora ko‘rishni so‘rab, prokuraturaga murojaat qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Urganch tumani 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi S.S. o‘zi rahbarlik qiladigan guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan kuch ishlatayotgani aks etgan video keng ommaga tarqalgani haqida xabar berilgan edi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni kunda ushbu holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

MTT kuzatuv kameralaridagi mavjud videotasvirlarni bolalarga nisbatan qo‘llanilgan noqonuniy xatti-harakatlar bo‘yicha dalil sifatida tegishli huquq tartibot idoralariga qonuniy chora ko‘rish uchun taqdim etish maqsadida, videokuzatuv kamerasi xotirasi saqlanuvchi xona muhrlangan.

Holat yuzasidan to‘la ma’lumot yig‘ish maqsadida 25-oktyabr kuni soat 16:00da Urganch tumanidagi 2-son bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari, MTT Kuzatuv kengashi a’zolari, viloyat prokuraturasi, kasaba uyushmasi, ichki ishlar idorasi vakillari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilish videotasvirga olinadi.

«Ushbu holat bo‘yicha tarbiyachiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, Urganch tumani prokuraturasiga murojaat qilinishini bildirib o‘tamiz. O‘rganish ishlari olib borilmoqda va uning borishi bo‘yicha barcha tafsilotlar keng jamoatchilikka taqdim etiladi», deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring