Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy suvosti kemalari ishlab chiqarishda AQShni ortda qoldirdi

Xitoy suvosti kemalari ishlab chiqarishda AQShni ortda qoldirdi

Foto: Freepik

Xitoy 2021–2025-yillar oralig‘ida suvga tushirilgan suvosti kemalari soni hamda ularning umumiy suv sig‘imi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi, deb xabar berdi Naked Science nashri. Ta’kidlanishicha, bu raqamlar Tinch okeanidagi harbiy-dengiz kuchlari muvozanati borasidagi xavotirlarni yanada kuchaytiradi.

«Bohaydagi yuksalish» (Boomtime at Bohai) deb nomlangan hisobot Xitoy kemasozlik verflarining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlari tahliliga asoslangan bo‘lib, ular ishlab chiqarish hajmini baholash imkonini beradi. Ta’kidlash kerakki, Pekin o‘z flotining soni haqidagi raqamlarni hech qachon oshkor qilmaydi.

Naked Science ma’lumotiga ko‘ra, 2021–2025-yillarda Xitoy umumiy suv sig‘imi 79 ming tonnaga teng 10 ta atom suvosti kemasini foydalanishga topshirgan. Xuddi shu davrda AQSh 7 ta submarinani suvga tushirgan, ularning jami suv sig‘imi 61,2 ming tonna.

Taqqoslash uchun: 2016–2020-yillarda Xitoy jami 3 ta (25,3 ming tonna), AQSh 7 ta (61,2 ming tonna) suvosti kemasini ishlab chiqargan.

Yuqorida faqat suvga tushirilgan suvosti kemalari haqida gap ketmoqda, ular to‘liq qurib bitkazilgani yoki qurolli kuchlar safiga qabul qilingani hisobga olinmagan.

Xitoy flotining keskin kengayishi AQSh suvosti kemasozligida kuzatilayotgan muammolar fonida yuz bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring