Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda «mehnat staji qilib beruvchi» mutaxassis ushlandi

Xorazmda «mehnat staji qilib beruvchi» mutaxassis ushlandi

Foto: DXX

Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi «Soliq servis» DUK bosh mutaxassisi ikki kishiga «mehnat staji qilib berish»ga uringanida qo‘lga tushdi.

U soliq idoralaridagi tanishlari orqali ikki nafar mahalliy fuqaroga, ular muqaddam hech qayerda ishlamagan bo‘lsalar-da, 2025-yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davrda ish haqi hisoblab, bu haqda ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishga va’da beradi.

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan IJQK departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring