Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi kasallanish holatlarining hammasi ikki hududda qayd etildi

Yangi kasallanish holatlarining hammasi ikki hududda qayd etildi

Foto: «Alternative-presseschau.com»

2020-yil 21-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 259 (+189) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 110 nafari Toshkent viloyatida, 79 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 396 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 48 606 (+674) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 215 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring