Yangi patrul: endi IIV xodimlari bir necha tillarni bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi «Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Qarshi temir yo‘l vokzalida va Shahrisabz shahrida ichki ishlar xodimlaridan iborat «Ezgulik patruli» guruhlari tashkil etildi.
Ushbu patrul guruhlariga ayol va erkak ichki ishlar xodimlari jalb etilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi birinchi navbatda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, ularning har qanday murojaatlarini tinglash va ushbu murojaatlar bo‘yicha sayyohlarga qonuniy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Bundan tashqari, ushbu patrul guruhlarining kiyimlariga ingliz tilida «Peace Officer», ya’ni «Ezgulik patruli» deb yozib qo‘yilgani hamda kiyimlarining o‘ng tomoniga aynan shunday yozuvga ega maxsus lentalar bog‘langani ularni boshqa IIB xodimlaridan farqlab olishda sayyohlarga qulaylik yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu patrullarga jalb qilingan xodimlar rus, ingliz va boshqa chet tillarini yaxshi biladigan, ijobiy tavsiflangan xodimlardan iborat tarkibda tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter