Yangi qaror: tez yordam haydovchilari uchun ustama haq to‘lanadi

Bugun, 25-yanvar kuni Prezidentning Davlat maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu brifingda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham ishtirok etmoqda.
Muxbirimizning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shoshilinch tibbiy yordam choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan qarori o‘qib eshittirilgan.
Yangi qarorga ko‘ra, tez yordam haydovchilari uchun 2018-yil 1-fevraldan 30 foiz ustama ajratiladi. Ma’lum qilinishicha, 2017-yilda 1269 ta tez yordam avtomobillari xarid qilingan.
Shuningdek, asossiz ravishda tez yordam ko‘rsatishdan bosh tortish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter