Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik kompaniya ofislarining teng yarmidan voz kechmoqchi — koronavirusdan keyingi davrga xush kelibsiz!..

Yirik kompaniya ofislarining teng yarmidan voz kechmoqchi — koronavirusdan keyingi davrga xush kelibsiz!..

Foto: «Korrespondent»

Yaponiyaning «Fujitsu» texnologiya kompaniyasi yaqin uch yil ichida o‘z ofislari maydonini teng yarmiga qisqartirmoqchi. Bu haqda «Nikkei Asian Review» xabar berdi.

Koronavirus pandemiyasi sababli «Fujitsu» xodimlarining salmoqli qismini masofadan ishlashga o‘tkazdi. Xususan, «Nikkei Asian Review»ga ko‘ra, Yaponiyada kompaniyaning taxminan 85 ming nafar xodimi uyida o‘tirib ishlayapti.

Kompaniya endi bu tartibda ishlashni doimiyga o‘zgartirishni rejalashtirgan. Buni ijaraga olinayotgan ofis binolari sonini muntazam qisqartirib borish haqidagi rejasidan ham bilsa bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yana uch yildan so‘ng kompaniya ofislari maydonlari 2020-yil boshidagiga nisbatan ikki baravar kam bo‘ladi. Nashr qo‘shimcha qilishicha, «Fujitsu»ning ushbu qadami Yaponiyadagi yirik kompaniyalar orasida yangi tendensiya paydo bo‘layotganidan dalolat beradi.  

P.S.: Kompaniyalar juda qimmat ijara to‘lovlaridan qutuladi, xodimlar esa yo‘l va tushlik xarajatlaridan, har qanday yo‘nalishdagi kompaniyalar uchun mos yechim bo‘lmasa-da, baribir tashabbus yomonmas. Ammo bir savol bor: «yapon tajribasi» urfga kirib ketsa baland-baland «sitilar»ning holi ne kechadi?!.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring