Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoz jaziramasida siz tanovul qiladigan mahsulotlar va bu muzqaymoq emas

Yoz jaziramasida siz tanovul qiladigan mahsulotlar va bu muzqaymoq emas

Ma’lumki, issiqda asosiy narsa — suvsizlanishning oldini olish uchun ko‘proq suyuqlik ichishdir.

Xo‘sh, oziq-ovqat va ichimliklar «sovishimizga» yordam beradimi?

Biz o‘zimizni «sovitmoqchi» bo‘lganimizda muzqaymoq va muzdek limonad to‘g‘ri tanlovdek tuyuladi, ammo ular foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Sovuq ovqat va ichimliklar sovitishni ta’minlaydi, lekin faqat qisqa vaqt ichida. Ya’ni oziq-ovqat va uni qayta ishlash har doim haroratning oshishiga olib keladi, chunki ovqat hazm qilish jarayoni quvvat talab qiladi.

Quyoshli kunda issiq narsa ichish faqat janubiy mamlakatlar, masalan, Markaziy Osiyo aholisi uchun tabiiydir. Ular issiq ichimliklar tana haroratini tartibga solishga yordam berishini bilishadi. Bu butun tanaga sovutuvchi ta’sir ko‘rsatadigan terlashni rag‘batlantiradi.

Bundan tashqari, agar yozda ishtahangiz bo‘lmasa, siz yolg‘iz emassiz. Mavsumiy o‘zgarishlar, jumladan, harorat va kunduzgi yorug‘lik ishtahamizga ta’sir qiladi. Buning sabablaridan biri: tana issiqlikni chiqarish bilan bog‘liq funksiyalarni kamaytirish orqali tana haroratini tartibga solishga harakat qiladi va bu birinchi navbatda, oziq-ovqat hazm qilishdir.

Brokkoli

Sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, brokkoli issiqlikni yengish uchun juda yaxshi mahsulot. U ovqat hazm qilishga yordam beradi, qondagi qand miqdorini past darajada ushlab turadi va ich qotishining oldini oladi. Va eng muhimi, brokkoli 91 foiz suvdan iborat.

Qovun

Qovun hatto eng kuchli chanqoqni ham qondiradi. Qovun 95 foizgacha suvni o‘z ichiga olgan past kaloriyali poliz mevasidir. Qaysi biri foydali: qovunmi yoki tarvuzmi?! Bu masala bo‘yicha bahslar cheksiz davom etmoqda. Qovunni issiqda foydali taomlar qatoriga kiritdik. Tarvuz bilan solishtirganda, u ko‘proq shakarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, ko‘proq foydali kletchatka (bu ochlikni tezroq qondiradi) va S vitamini miqdori ancha yuqori, chunki askorbin kislotasi haroratdan kelib chiqadigan shamollash xavfi bilan kurashishga yordam beradi.

Bargli ko‘katlar

Bargli sabzavotlar ham juda ko‘p suvni o‘z ichiga oladi — taxminan 85 foizgacha. Bu ularni oson hazm bo‘lishiga olib keladi va ular oshqozonda og‘irlik hissini tug‘dirmaydi. Karam va ismaloqgacha bargli sabzavotlar karotenoidlarga boy bo‘lib, ular tanani A vitamini bilan ta’minlaydi, bu terini ortiqcha ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilishga yordam beradi.

Mango

Mango issiq havo uchun ideal mahsulotdir. Mango tarkibidagi temirning yuqori miqdori tanadagi kalsiy darajasini oshiradi. Mango shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradigan A va C vitaminlariga boy. Bodom yoki kokos sutidan tayyorlangan mango muzqaymog‘i ajoyib yoz desertidir. U minimal shakarga ega va vegetarianlar talabiga javob beradi.

Yalpiz

Yalpiz tanani ko‘p suv bilan ta’minlamasa-da, biz uni iste’mol qilganimizda salqinlik beradi. Bu o‘t o‘zining tabiiy ta’mi tufayli miyamizga sovuqlik hissini beradi. Yalpiz ham chanqog‘ingizni qondiradi, agar siz uni bir bo‘lak bodring bilan sovuq suvga qo‘shsangiz. Bu ichimlik xona haroratida suv ichishdan ko‘ra foydasi yaxshiroq.

Bodring

Bodring issiq yoz kunlari uchun ajoyib sabzavot hisoblanadi, chunki ular 95 foiz suvdan iborat. Bodringni iste’mol qilishdan oldin yangiligiga ishonch hosil qiling, chunki ular ozgina eskirgan bo‘lsa ham juda ko‘p namlikni yo‘qotadi.

Chili qalampiri

Chili qalampirini, ehtimol, ko‘pchilik issiq havoda iste’mol qilishni o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Gap shundaki, achchiq qalampir og‘izdagi issiqlik retseptorlarini rag‘batlantiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va tanani sovutadigan terlashni keltirib chiqaradi. Biroq, tanangizni achchiq ovqatlar bilan ortiqcha yuklamaslikka ehtiyot bo‘ling. Va unutmangki, siz ichingizdagi «olovni» suv bilan o‘chira olmaysiz. Agar qalampir juda achchiq bo‘lsa, uni guruch yoki non, tabiiy yogurt yoki smetana bilan iste’mol qiling. Qalampir og‘zingizni kuydirsa ko‘p hollarda shakar va limon sharbati yordam beradi. Tailand yoki hind taomlarini yeyishga harakat qiling. Bu mamlakatlarning aholisi issiqdan mana shu usulda qochishi bejiz emas.

Pomidor

Qizil pomidor 94 foiz suv, yashil pomidor esa suv 93 foiz. Ular qo‘shimcha suv manbai bo‘lib, ya’ni salatlarda pomidorni iste’mol qiling, ularni sendvichlar va sovuq suyuq taomlarga qo‘shing.

Mevalar

Qorag‘at, malina, qulupnay, asal — issiq yozning ajoyib sovg‘alari. An’anaviy xitoy tabobatiga ko‘ra, ular tanada sovuq energiya hosil qiladi.  Qolaversa qulupnay, smorodina va malina butun tanadagi qon aylanishini yaxshilaydi va terini yangilaydi. Bu issiq yoz oylarida muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari sabzavotli sho‘rvalar yozdagi eng foydali taom. Qatiqli, suzmali suyuq taomlar ham foydadan xoli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring