Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mendeleyev nomidagi 250 ming dollarlik mukofot ta’sis etildi

Mendeleyev nomidagi 250 ming dollarlik mukofot ta’sis etildi

Foto: «Ruspex»

BMT qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot — UNESCO fundamental fanlar sohasida Dmitriy Mendeleyev nomidagi mukofotni ta’sis etdi, deya xabar berdi «Kp.ru».  

Ushbu qaror Parijda 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan 207-sessiyada chiqarilgan.

Mukofotni ta’sis etish taklifi Rossiyadan chiqdi, deyiladi RF kimyo jamiyati matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki mukofot 2020-yili topshiriladi. Jyuri a’zolari har yili fundamental sohalar rivojiga qo‘shgan hissasi, innovatsiyalari va yorqin kashfiyotlariga qarab ikki nafar laureatni aniqlaydi va ularning har biriga 250 ming dollardan pul mukofoti topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring