Zafar Ro‘ziyevning ikki o‘rinbosari ham ishdan ketdi
Qashqadaryo viloyati hokimining 2 nafar o‘rinbosari ham vazifasidan ozod etilgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning tasdiqlashicha, hokimning birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev va hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Avvalroq Qashqadaryoda «to‘rtlik», jumladan hokim Zafar Ro‘ziyev ishdan olingani xabar qilingandi. Uning o‘rnini Zoyir Mirzayev egalladi.
Shuningdek, bir qator tumanlar hokimlari ham ishdan bo‘shatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter