Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Assakalov va Vardanyanda yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Assakalov va Vardanyanda yangi imkoniyat paydo bo‘ldi

Yunon-rum kurashchilarimiz Aram Vardanyan (-77 kg) hamda Rustam Assakalov (-97 kg) Parij-2024 medallari uchun kurashni davom ettirishadi.

Hamyurtlarimizni chorak finalda mag‘lub etgan raqiblar final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa, har ikki polvonimiz ertaga bronza medali uchun o‘tish bosqichida gilamga chiqadilar. Ularning o‘tish bosqichidagi raqiblari:

-77 kg: Aram Vardanyan - Abdelkrim Oukali (Jazoir)
-97 kg: Rustam Assakalov - Seong Jun Kim (Koreya Respublikasi)

Eslatib o‘tamiz, avval Vardanyan va Assakalov yaponiyalik va armanistonlik sportchilarga imkoniyatni boy bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring