Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX kubogining respublika bosqichida 42 ta jamoa qatnashadi

DXX kubogining respublika bosqichida 42 ta jamoa qatnashadi

Foto: Daryo

Futbol hamda mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining bu yilgi respublika bosqichi – 19–23 avgust kunlari «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida, final o‘yini esa 24 avgust kuni «Jar» stadionida o‘tkaziladi. Unda 42 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi.

Respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring