Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini tark etdi

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini tark etdi

FOTO: PAUL TERRY/CSM VIA ZUMA PRESS WIRE | SCANPIX

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) xabar berdi.

Taniqli mutaxassis Fabritsio Romano ham shunday yozdi.

Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida inglizlar Yevro-2020 hamda Yevro2024 da kumush medallarni qo‘lga kiritishgan. Uning milliy jamoa bilan shartnomasi 2024 yil dekabriga qadar tuzilgandi.

«102 o‘yin va sakkiz yillik faoliyatdan so‘ng Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi lavozimidan ketishini e’lon qildi», — deyiladi FA xabarida.

14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Yevro-2024 finalida Sautgeyt boshchiligidagi Angliya Ispaniyadan alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragandi (1:2).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring