Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neftchi» Elit Osiyo Chempionlar ligasida ilk o‘yinini o‘tkazdi

«Neftchi» Elit Osiyo Chempionlar ligasida ilk o‘yinini o‘tkazdi

Foto: Championat.asia

Farg‘onaning «Neftchi» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Eyr Fors» uchrashuvi yakunlandi. O‘yin keskin kurashlarga boy o‘tdi. Uchrashuv taqdirini 83-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi. 

«Neftchi» – «Eyr Fors» 1:0

Gol: 1:0 – 83, Zoran Marushich (Koffi Frank Kuao). 

Eslatib o‘tamiz, Osiyodagi xalqaro musobaqalarda Toshkentning «Paxtakor» klubi ham qatnashadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring