Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paralimpiya o‘yinlari: o‘zbekistonlik 4 nafar para suzuvchi finalga yo‘l oldi

Paralimpiya o‘yinlari: o‘zbekistonlik 4 nafar para suzuvchi finalga yo‘l oldi

Erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.

Quvonarlisi, ushbu masofada startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar – Muzaffar Tursunxo‘jayev hamda Kiril Pankov saralashni muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Islam Aslanov esa o‘z guruhida 6-o‘rinni egalladi.

Ushbu yo‘nalishda final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da boshlanadi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu masofada kurash olib borgan para suzuvchilar – Muslima Odilova  hamda Shoxsanam Toshpo‘latova ham 2 va 3-o‘rinlarni egallab, hal qiluvchi final bosqichiga yo‘l oldi.

Ushbu yo‘nalishda final bahslari esa bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring