Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rustam Assakalov va Aram Vardanyan chorak finalda yutqazdi

Rustam Assakalov va Aram Vardanyan chorak finalda yutqazdi

Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida chorak final bahsida gilamga chiqdi.

O‘tgan yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi, amaldagi Osiyo chempioni yaponiyalik Nao Kusaka bilan bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.

Endi raqib finalga yetib borgan taqdirda Vardanyan bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

40 yoshli yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov chorak finalda nomdor sportchi bilan to‘qnash keldi.

Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahon chempionatlarining 4 karra g‘olibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.

Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring