Ijodiy imtihonlar qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi
Karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Unda ishtirok etgan Davlat test markazi direktori Majid Kariomv ijodiy imtihonlar qachon boshlanishiga oydinlik kiritib o‘tdi.
- Ijodiy imtihonlar 1-avgustdan keyin boshlanadi. Lekin bu imtihonlarning davomiyligi va sifatiga tasir kilmaydi. Ya’ni bunday imtihonlar 20 kun davom etadi.
Hujjat topshirish masalalalarida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ta’limning barcha shakllari uchun hujjatlar onlayn tarzda topshirilyapti.
O‘qish masalasiga kelsak, bunda sharoitdan kelib chiqqan holda bir qarorga kelinadi. Sirtqi va kechki ta’lim shakli masofaviyga, kunduzgi ta’limda esa axborot texnologiyalari joriy etilgan tarzda olib boriladi.
Hozircha yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha an’anaviy shaklni rejalashtiryapmiz. Lekin masofaviy ta’lim jarayonlariga ham tayyormiz -, deya ma’lum qildi DTM rahbari.
Avvalroq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov epidemiologik vaziyat yaxshilansa, sentyabrda ta’lim avvalgi shaklga o‘tishi mumkinligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter