Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jorj Vashington universiteti professori: «O‘zbekistonda oliy ta’limga talab katta, lekin sharoit yo‘q»

Jorj Vashington universiteti professori: «O‘zbekistonda oliy ta’limga talab katta, lekin sharoit yo‘q»

Foto: «Marifat.uz»

O‘zbekiston milliy axborot agentligi Vashingtonda o‘tgan davra suhbati haqida maqola e’lon qildi. Unda taniqli siyosatchilar, fan arboblari hamda jurnalistlar ishtirok etgan.

O‘zAda keltirilishicha, Jorj Vashington universiteti professori, fransuz tadqiqotchisi Sebastiyan Peyruz (Sebastien Peyrouse) O‘zbekistonda oliy ta’limga bo‘lgan talab katta bo‘lishiga qaramay, sharoit yo‘qligini ta’kidlagan.

«Ilm-fan, ta’lim yo‘nalishda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda va yangi siljishlar kutilmoqda. Prezident Mirziyoyev aynan ta’limga tinimsiz urg‘u bermoqda. Shaxsan o‘zi tub muammolarni ko‘tarib chiqayotir, oiladan tortib bog‘chagacha, boshlang‘ich sinfdan tortib o‘rta maktab, kasb-hunar o‘quv yurtlari, universitetlardagi ta’lim sifatini oshirish zarurligi haqida gapirmoqda.

O‘zbekistonda oliy ta’limga talab katta, lekin sharoit yo‘q. Universitet va institutlarda o‘qish aksariyat aholining moliyaviy qurbi yetmaydigan imkoniyat. Ta’lim haqqi yil sari osmonga chiqar ekan, respublikaga zarur kadlarni yetishtirish ham qiyinlashaveradi. O‘qituvchilarning maoshi juda past ekani ham muhim omil. Korrupsiya eng chuqur ildiz otgan sohalardan biri ham shu», — deya ta’kidladi professor.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring