Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zDJTU Portsmut universiteti bilan hamkorlikda xalqaro anjuman tashkil etdi

O‘zDJTU Portsmut universiteti bilan hamkorlikda xalqaro anjuman tashkil etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillarini o‘rganishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali o‘qituvchilarini tayyorlash, ta’lim sifatini yuksaltirish maqsadida nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassalari bilan hamkorlik qilib keladi. Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti O‘zDJTUning ana shunday ishonchli hamkorlaridan biridir.

Kecha, 12 sentyabr kuni “Ta’lim, tillar va tilshunoslikdagi dolzarb muammolar” nomli xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Portsmut universiteti tomonidan onlayn shaklda tashkil etgan tadbirda Toshkent davlat pegagogika universiteti va Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari qatnashishdi.

Anjumanda Portsmut universiteti professor-o‘qituvchilaridan Saymon Edvards, Helen Ringrou, Gulshah Kutuk, Tom Fleming hamda joriy yilning iyun oyida ushbu nufuzli oliygohda malaka oshirib qaytgan O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Aziza Talibjanova, Saodat Agzamxodjayeva va Mahzuna Qodiriy hamda TDPU va JDPU professor-o‘qituvchilari o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida xorijiy tillarni o‘qitish va tilshunoslikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Portsmut universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq Portsmut universitetining 100 nafar yuqori kurs talabalari va magistrantlari mamlakatimiz xorijiy tillarni o‘qitishi belgilangan. Portsmut universitetining malakali mutaxassislari Agentlik va xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining ingliz tili o‘qituvchilari Portsumut universitetida malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring