Samarqand viloyatida yana bir IT maktab o‘z faoliyatini boshladi
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 15-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Ochilish marosimida Toyloq tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, jamoatchilik vakillari, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur maktab zamon talablari asosida ta’mirlangan va jihozlangan. Unda 2 ta informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika fani chuqurlashtirib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati yaratib beriladi.
Ta’kidlash lozim, 2021-yilda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter