Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal olgan o‘quvchilarga 170 million so‘m mukofot beriladi
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi – bu haqda Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlar bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida ta’kidlab o‘tdi.
Davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘quvchilar uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi. Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.
Prezident yig‘ilish davomida nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so‘m mukofot puli berilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.
Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir bronza, kumush, oltin medal uchun 5 milliondan 15 million so‘mgacha mukofot pullari beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter