Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
- Ilova (quyidagi rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;
- davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.
Muhim sanalar:
Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
Test sinovlari: 12-oktyabrgacha o‘tkaziladi
Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq bo‘ladi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning qarori (PQ–4319-son, 14.05.2019)ga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.
Batafsil: https://t.me/eduuz/38258
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter