Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubayda dunyodagi eng «yashil yo‘l» quriladi

Dubayda dunyodagi eng «yashil yo‘l» quriladi

Foto: Urb

Urb me’morchilik studiyasi 65 kilometrli tramvay magistralini qurish rejasini taqdim etdi. Green Spine deya nomlangan ushbu loyiha E311 trassasi (Muhammad bin Zayd shossesi)ni dunyodagi «eng yashil avtomagistaral»ga aylantirishi kutilmoqda.

Rejaga ko‘ra, infratuzilma odatiy va tik bog‘lar nio‘z ichiga olgan bo‘lib, havoning musaffo va salqinroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Green Spine hududida 1 mln tup daraxt ekiladi, shahar fermalari va turli dam olish hududlari barpo etiladi.

Serqatnov shosse bo‘ylab joylashuvchi yashil magistralda juda ko‘plab quyosh panellari ishlab chiqargan elektr toki tramvaylar va hududdagi uylarni ta’minlaydi. Qolaversa, bu yerda yomg‘ir suvlari yig‘ilib, filtrlanadi.

Magistral qurilishini 2040-yilda nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring