Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz Qashqadaryo viloyatidagi yirik ofislardan birini to‘liq yangiladi

Mobiuz Qashqadaryo viloyatidagi yirik ofislardan birini to‘liq yangiladi

Foto: «Xabar.uz»

Kitob shahrida rekonstruksiya va ta’mirdan so‘ng Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi ochildi.

Bu Qashqadaryo viloyati aholisi va mehmonlari uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan munosib sovg‘adir. Yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazi abonentlarga mobil aloqa va internet xizmatlari bilan bog‘liq har qanday masalalarni hal qilish uchun zamonaviy sharoitlarni taklif etmoqda.

Abonentlarga yaqinroq bo‘lish

Mobiuz mobil operatori infratuzilmani rivojlantirish va mamlakat bo‘ylab ofislar tarmog‘ini kengaytirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Kompaniya o‘n beshta Xizmat ko‘rsatish markazi, ko‘plab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari, shuningdek, keng dilerlik tarmog‘iga ega.

Mobiuz 2022 yildan boshlab o‘z ofislarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash strategiyasini amalga oshirib kelmoqda. U abonentlar, korporativ mijozlar, tijorat hamkorlari, shuningdek, bevosita ofis xodimlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Rekonstruksiya va ta’mirlash jarayonida ish joyi va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ish o‘rinlarini tashkil etish konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Yuqori darajadagi qulaylik

Qashqadaryo viloyati jadal rivojlanayotgan hudud bo‘lib, bu yerda Mobiuzning bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy mintaqaviy ofisi faoliyat yuritadi. Ular Qarshi va Kitob shaharlarida joylashgan bo‘lib, viloyatning turli tumanlaridagi faoliyatni samarali nazorat qilish, abonentlarni ishonchli qo‘llab-quvvatlash va ularga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Mobiuzning Kitobdagi yangilangan ofisida abonentlar qulay va zamonaviy sharoitda kengaytirilgan xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Bu yerda har bir tashrif buyuruvchi mutaxassislardan malakali yordam olishi mumkin bo‘lgan makon yaratilgan. Kutish vaqtini qisqartirish va har bir mijozga individual yondashuvni ta’minlash maqsadida elektron navbat va interaktiv panel tizimi joriy etilgan.

Bayramona ochilish marosimi

Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi an’anaviy tarzda bayramona ruhda o‘tdi. Ofis bayramona bezatildi, konsert-ko‘ngilochar dastur, shuningdek, sovrinlar o‘yini tashkil etildi.

Marosimda kompaniya, Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi vakillari, kompaniyaning tijorat hamkorlari va abonentlari, Kitob shahri aholisi ishtirok etdi. Qizil tasmani ramziy kesish bilan ofis ishga tushirilishi e’lon qilindi.

Dam olish kunlarisiz har kuni ishlaydi

Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi manzili: Kitob shahri, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 1-uy. U har kuni 9:00 dan 18:00 gacha dam olish kunlarisiz ishlaydi.

Mobiuz Qashqadaryo viloyatining Kitob va unga yaqin tuman va shaharlar aholisini yangilangan Xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyurishga va yangi darajadagi xizmatning afzalliklarini baholashga taklif qilmoqda!

Mobiuzning barcha yangiliklari bilan kompaniyaning Telegram-kanalida tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring