Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden: Tramp prezident bo‘lish uchun «qarilik qiladi»

Bayden: Tramp prezident bo‘lish uchun «qarilik qiladi»

Amerika prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkdagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida bo‘lajak prezidentlik saylovlaridagi raqibi Donald Trampni biroz qarigan deb hisoblashini aytdi.

AQShning amaldagi prezidenti o‘z nutqida mamlakat burilish nuqtasiga yetganini qayd etdi.

Bayden Trampning qarashlari ham eskirganiga ishora qilib: «bilasizmi, u (Tramp) <...> biroz qari va holati ham yaxshi emas», deya qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, Tramp ham Bayden Qo‘shma Shtatlardagi demokratiyaga tahdid solayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Tramp 77 yoshda, amaldagi prezident Bayden esa 81 yoshni qarshilagan.

Avvalroq «Baydenning omadsizliklari alifbosi» tuzilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring