Dubaydan Tel-Avivga uchgan samolyot «garovga olish» signalini berdi
Bugun, 30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchgan Flydubai aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoda favqulodda signal berib, keyinchalik samolyotga noqonuniy aralashuv yoki uni garovga olish ehtimolini anglatuvchi «7500» kodini uzatdi. Hodisa ortidan Isroil harbiy samolyotlari havoga ko‘tarilgan.
FZ1073 reysi Saudiya Arabistoni tomon yo‘nalishini o‘zgartirib, Tabuk aeroportiga xavfsiz qo‘ndi. Bortda 170 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgani xabar qilinmoqda. Barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari xavfsiz ekani aytilgan.
Dastlabki xabarlarda samolyot garovga olingan bo‘lishi mumkinligi aytilgan, biroq keyinchalik bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Flydubai aviakompaniyasi ham samolyot garovga olingani haqidagi xabarlarni rad etgan.
Isroil OAVlari xavfli signalga ekipaj a’zolari o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda. Ammo bu versiya aviakompaniya yoki aviatsiya rasmiylari tomonidan hozircha to‘liq tasdiqlanmagan.
Hodisaning aniq sabablari o‘rganilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter