Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekvador parlamenti o‘z prezidenti uchun kechirim so‘radi

Ekvador parlamenti o‘z prezidenti uchun kechirim so‘radi

Daniel Noboa.

Foto: Moskva 24

Ekvador parlamenti (Milliy assambleya) Lotin Amerikasining bir nechta mamlakatlari rahbarlariga kechirim so‘rab murojaat yo‘lladi. Murojaat parlamentning veb-saytida e’lon qilindi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, Milliy assambleya plenumi Ekvador prezidenti Daniel Noboa Salvador, Kolumbiya, Chili va Argentina rahbarlarini haqoratlagan so‘zlarni (The New Yorker jurnalida chiqqan) qoralovchi rezolyusiyani 86 ovoz bilan qabul qilgan.

Parlament a’zolari Ekvador prezidentini «shaxsiy fikrlarini ifodalashdan tiyilish»ga chaqirishdi, chunki bunday bayonotlar «Ekvadorning xalqaro nufuziga hamda ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin».

Noboa The New Yorker jurnaliga bergan intervyusida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni — «dimog‘dor dangasa», Salvador prezidenti Nayib Bukeleni — kalondimog‘, Argentina prezidenti Xavyer Mileyni — «o‘ziga bino qo‘ygan», deya ta’riflagandi. Chili prezidenti Gabriel Borich esa, Noboaning fikricha, risoladagidek odam, faqat o‘ta so‘l kuchlar uning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring