Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Butun Ekvadorda chiroq o‘chib qoldi

Butun Ekvadorda chiroq o‘chib qoldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avariya tufayli butun Ekvador elektrsiz qoldi. Bu haqda transport va jamoat ishlari vaziri Roberto Luke X ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.

«Biz CENACE (milliy operator)dan zudlik bilan olgan hisobotga ko‘ra, yuqori voltli elektr uzatish liniyalaridagi uzilish oqibatida kaskadli o‘chishlar sodir bo‘lgan. Shu bois mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti butunlay to‘xtagan», — deb yozdi vazir.

Foto: Roberto Luke, X ijtimoiy tarmog‘i

Vazir qo‘shimcha qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 18:41 da Ekvadorda elektr ta’minoti 95 foiz tiklangan.

Xorij matbuoti yozishicha, elektr uzilishi mamlakatning yirik shaharlari yo‘llarida tartibni izdan chiqargan. Bundan tashqari, internet ishida jiddiy muammolar kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring