Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p gaz eksport qilayotgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p gaz eksport qilayotgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Foto: Lenta.ru

Xalqaro gaz ittifoqi (IGU) taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili jahon bozoriga eng ko‘p gaz yetkazib bergan mamlakat — Rossiya.

IGU ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda Rossiya 139 mlrd kubometr gaz sotgan. Ikkinchi o‘rinda — Qatar (128 mlrd), uchinchi — AQSh (127 mlrd).

Ta’kidlanishicha, sanksiya cheklovlari Rossiyaning Yevropaga suyultirilgan tabiiy gaz eksportiga qisman ta’sir ko‘rsatgan, xolos. Fransiya, Ispaniya, Niderlandiya, Italiya va Belgiya rus gazini yoqishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring