Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada ulkan ilon ayolni yutib yubordi

Indoneziyada ulkan ilon ayolni yutib yubordi

Foto: depositphotos.com

Indoneziyada Farida ismli 50 yoshli ayol 6 metrli ulkan ilonning qurboniga aylandi.

Qayd etilishicha, ayol sabzavot sotish uchun o‘rmon oralab yurgan. Marhumning turmush o‘rtog‘i rafiqasi kechasi qaytib kelmaganidan xavotirlanib, qo‘shnilari bilan birga qidiruv ishlarini boshlagan. Ertasi kuni butalar orasidan qorni bo‘rtib turgan olti metrli ulkan pitonni topdilar.

Qishloq aholisi sudralib yuruvchini o‘ldirishdi, ayol uning oshqozonidan chiqdi.

Bu Indoneziyada pitonlarning odamlarga birinchi hujumi emas. 2022 yilda Sumatra orolidagi Jambi provinsiyasida 50 yoshli Jara ismli ayolni ham ilon butunligicha yutib yuborgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring