Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashuvida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hindistonda yuk poyezdi yo‘lovchi poyezdiga katta tezlikda kelib urildi.

Mudhish hodisa mamlakat sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida Rangapani stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Yuk poyezdi Kalkutta va Silchar shaharlari oralig‘ida qatnovchi yo‘lovchi tezyurar poyezdi bilan to‘qnashib ketgan, deb xabar berdi CNN mahalliy politsiyaga asoslanib.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bir nechta vagonlar relsdan chiqib ketganini, bir vagon esa motorli vagon ustida osilib turganini kadrlarda ko‘rish mumkin. Reuters yozishicha, avariya oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi jarohatlangan. Poyezd mashinisti ham qurbon bo‘lgan. Temir yo‘l fojiasining sababi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring