Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya yaqin haftalarda Falastin davlatini tan olishi kutilmoqda

Ispaniya yaqin haftalarda Falastin davlatini tan olishi kutilmoqda

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

Foto: Middle East Monitor

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yaqin Sharqdagi vaziyatni tahlil qilish, Madrid pozitsiyasini belgilab olish va harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida yevropalik qator yetakchilar bilan Bryusselda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar berdi Euractiv.

Nashr manbalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi boshqa mamlakatlar Ispaniyaning pozitsiyasiga qo‘shiladimi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, ispan hukumati siyosiy qarorga kelib bo‘lgan — Sanches yaqinda bayonot berganidek, Ispaniya amaldagi olti oylik yakuniga qadar Falastin davlatini tan olish bo‘yicha dadil qadamni tashlaydi.

Ispaniya parlamenti tomonidan 2014-yilda qo‘llab-quvvatlangan va yaqinda o‘tkazilgan ko‘plab so‘rovlarda mamlakat aholisi tomonidan kuchli qo‘llovga ega bo‘lgan ushbu qaror «bir necha oylarda emas, balki bir necha haftalarda qabul qilinadi», deyiladi manbalarda.

Yevropa Ittifoqining yana bir mamlakati — Irlandiya yaqin haftalarda Falastin davlatini tan olishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring