Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In uchuvchisiz qurilmalar sinovlariga shaxsan rahbarlik qildi (foto)

Kim Chen In uchuvchisiz qurilmalar sinovlariga shaxsan rahbarlik qildi (foto)

Foto: Koreya markaziy telegraf agentligi

Kim Chen In uchuvchisiz qurilmalar sinovlariga shaxsan rahbarlik qildi. Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berishicha, sinovlar KXDR milliy mudofaa akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi dushmanga quruqlik va dengizda hujum qilishga mo‘ljallangan turli toifadagi dronlarni faol ishlab chiqish va ko‘paytirishni buyurgan.

Xabarga ko‘ra, dronlar tegishli nishonlarni topib, yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Kim Chen In harbiy tayyorgarlikda uchuvchisiz texnologiyalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring