Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livan va Eron keng ko‘lamli urushni xohlamaydi – siyosiy tahlilchi

Livan va Eron keng ko‘lamli urushni xohlamaydi – siyosiy tahlilchi

Vashington Yaqin Sharq siyosati instituti tahlilchisi Metyu Levitga ko‘ra Eron va uning proksi tuzilmalari HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob beradi. Lekin qachon va qanday ko‘rinishda bo‘ladi, hozircha noma’lum.

«Haniyaning o‘limida Tehron Isroilni ayblayapti. O‘z navbatida, Isroil tomoni bu ishga aloqadorligini na tasdiqladi va na inkor etdi.

Ammo, javob, albatta bo‘ladi», – deydi Metyu Levit.

«Hizbulloh» harakati ham Isroilga zarba berishni va’da qilmoqda. Ammo ekspertning fikricha, livanliklar keng ko‘lamli urushdan cho‘chimoqda.

«Hizbulloh» uchun iqtisodiy inqiroz, siyosiy inqirozdan muhimroq. Livandagi iqtisodiy vaziyat esa livanliklarni keng ko‘lamli urushni xohlamaydigan holatga olib keldi. Urush Livan uchun og‘ir iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Odamlar, shu jumladan «Hizbulloh» ham, tushunyaptiki, 2006 yildagi urushdan farqli o‘laroq, bu safar ko‘pchilik livanliklar, ehtimol, Livanda ham, Isroilda ham hech kim istamaydigan urushni boshlaganlikda «Hizbulloh»ni ayblaydilar.

Tahlilchining ta’kidlashicha, Eronda ham keng ko‘lamli urushga intilish yo‘q.

«Eron tomoni keng ko‘lamli urush chegaralarigacha yetib borishini xohlamaydi. Bu nafaqat Isroil imkoniyatlarini bilishidan, balki Isroilning Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar kabi kuchli ittifoqchilari mavjudligini anglashlari tufaylidir. Ular (Tehrondagilar) bunday vaziyat mamlakat ichida bo‘linish keltirib chiqarishi va odamlarni shunday o‘ylashga majbur qilishidan xavotirda», – deydi ekspert.

AQSh Tehronni mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi Eron manfaatlariga zid ekani haqida ogohlantirgani ham aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring