Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokiston parlamenti Munirga misli ko‘rilmagan vakolatlar berdi

Pokiston parlamenti Munirga misli ko‘rilmagan vakolatlar berdi

Osim Munir.

Pokiston parlamenti mamlakat tarixida ilk bor Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Osim Munirga misli ko‘rilmagan vakolatlar taqdim etdi. U Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari, Harbiy-dengiz kuchlari va Harbiy-havo kuchlarining yagona qo‘mondoni maqomini oldi.

Munir Vazirlar mahkamasining roziligisiz barcha qo‘shin turlaridagi harbiy xizmatchilarni ishdan bo‘shatish, zaxiraga kuzatish yoki xizmatda qoldirish huquqiga ega bo‘ldi. Uning besh yillik vakolat muddati kamida 2030-yilgacha etib belgilangan.

Qayd etilishicha, Munir feldmarshal unvoni berilganidan keyin ushbu maqomini umrbod saqlab qoladi. Qonun unga, shuningdek, umrbod daxlsizlik huquqini ham taqdim etadi, uni lavozimidan chetlatish tartibi esa parlamentda malakali ko‘pchilik ovozini talab qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring