Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya rus tilini xorijda targ‘ib qilishga uch baravar ko‘p pul ajratadi

Rossiya rus tilini xorijda targ‘ib qilishga uch baravar ko‘p pul ajratadi

Foto: Parlamentskaya gazeta

Rossiya rus tilini chet mamlakatlarda targ‘ib qilish uchun xarajatlarini 2023-yilga nisbatan uch baravar oshiradi.

Mamlakat davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, ushbu maqsadlar uchun o‘tgan yili 500 mln sarflangan bo‘lsa, 2025-yilga borib bu raqam 1,73 mlrd rublga yetkaziladi. Ya’ni bu Rossiya tashqi ishlar vazirligi dasturlari orasida eng tez o‘sayotgan yo‘nalishga aylanmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu pullar xorijdagi rus maktablari va bolalar markazlari hamda yagona maqsadi rus tilini chet ellarda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar va jamg‘armalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring