Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalariga uyini tozalatgan professor ishdan haydaldi

Talabalariga uyini tozalatgan professor ishdan haydaldi

Foto: SCMP composite/Shutterstock/Beijing University of Posts and Telecommunications

Xitoyda talabalarini tahqirlab, ularni qulday ishlatib kelgan professor jazolandi. Bu haqda SCMP xabar berdi.

Pekin pochta va telekommunikatsiyalar universitetining professori Chjen Fen ustidan 15 nafar talaba shikoyat yozgan. Jabrlanuvchilarga ko‘ra, Chjen talabalarni muntazam tahqirlab kelgan: o‘z hisoblaridan ovqat keltirishni talab qilgan, uyini tozatalatgan, pochtasini olib kelishga jo‘natgan, kamiga, qizining uy vazifalarini tayyorlashga majburlagan.

Simsiz aloqa va signallarga raqamli ishlov berish bo‘yicha ta’lim bergan ustoz aslida talabalarga ilmiy ahamiyatga ega bilimlarni juda oz bergan, shunga qaramasdan, ularni kuniga 10 soatlab laboratoriyada majburan ushlab o‘tirgan. Kimdir norozi bo‘lsa, tadqiqotlardan chetlatish yoki bitirish imtihonlari oson kechmasligi bilan tahdid qilgan.

Talabalarning ochiq xati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan so‘ng (uni 88 mln marotaba o‘qishgan), universitet rahbariyati holatni o‘rgandi. Chjen ta’lim berishdan chetlatilib, repetitorlik qilishi ham taqiqlandi, jabrlangan talabalarga esa psixolog ko‘magi taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring