Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Suriya: eski konstitutsiya bekor qilindi, «Baas» partiyasi tarqatib yuborildi, 8-dekabr — bayram

Yangi Suriya: eski konstitutsiya bekor qilindi, «Baas» partiyasi tarqatib yuborildi, 8-dekabr — bayram

Foto: Getty Images

Suriyaning yangi hukumati 2012-yilgi konstitutsiya o‘z kuchini yo‘qotganini ma’lum qildi. Bu haqda harbiy amaliyotlar boshqarmasi bayonot berdi.

«2012-yilgi konstitutsiya hamda favqulodda tartibda qabul qilingan barcha qonunlar bekor qilinadi», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, 8-dekabr «buyuk Suriya inqilobi g‘alabasi» sharafiga milliy bayram deb e’lon qilindi.

Suriyaning yangi hukumati yetakchisi Ahmad ash-Shar’a o‘tish davrida mamlakat prezidenti vazifasini bajaradi, deyiladi bayonotda.

Yana bir jiddiy siyosiy voqea — Suriyada 60 yildan ziyod hukmron bo‘lib kelgan «Baas» partiyasi tarqatib yuborildi.

Reuters manbasiga ko‘ra, yangi hukumat Rossiyadan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni topshirishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring