Andijonda yo‘l qurish uchun rekord qiymatda mablag‘ ajratiladi
Joriy yilning 1 oktyabriga qadar Andijon viloyatining 480 ta mahallasidagi 1 ming 375 kilometr ichki yo‘llar va 6 ta ko‘prikni qayta qurish va ta’mirlash yakunlanishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati faollar kengashida ma’lum qilib o‘tdi.
Davlat rahbari buning uchun 450 milliard so‘m ajratilishini ta’kidlab o‘tdi va yo‘l quruvchilaridan o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondoshishni talab qildi.
— 2016 yilda yo‘l qurilishi uchun viloyatga 9 milliard so‘m ajratilgan edi. Joriy yilda buning uchun 450 milliard so‘m sarflanadi. Farqi bormi?
Endi asosiy masala ushbu mablag‘ni mas’uliyat bilan sarflab, sifatli yo‘l qurishdan iborat. Yo‘lni birov uchun qurgandek qilib, naridan beri qilib qurib ketish bo‘lmasin. Xalq rozi bo‘lsin. «Yo‘lchilarga insof bitgani rost bo‘lsin», degan gaplarni aytsin, — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter