Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamshid Niyozov

Olov yonmagan joydan tutun chiqmaydi.

1985-yili tug‘ilganman. 2008-yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomladim. Faoliyatim davomida o‘nga yaqin ijodiy ko‘rik-tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘ldim. 2015-yili Blogerlar chempionatida o‘zimni sinab ko‘rdim va finalda qatnashib, umumyakunda 4-o‘rinni egalladim.

Chempionatdagi ishtirokim ko‘p narsa berdi. Maslakdosh hamkasblar bilan birga «Tafsilot.uz» nomli saytga asos soldik. 2016-yilning dekabrida bir yillik mehnatimiz munosib baholanib, «Tafsilot.uz» «Milliy internet tanloviga ariza topshirgan saytlar orasida «Yilning eng yaxshi yangiliklar sayti» deb topildi.

Quruq qaydlar, balandparvoz jumlalar, qizil gaplarni jinim suymaydi. Shablonlarga toqatim yo‘q. Qalamimdan elga, yurtga manfaat yetsa, mendan baxtiyor odam yo‘q!