Bugun poytaxtda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi mumkin

Poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi haqida xabar berildi.
Qayd etilishicha, huquqbuzarliklarni oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkorlikni oshirish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi munosabati bilan bugun 26 iyun kuni soat 08:00dan 10:00gacha poytaxtning Temur Malik, Do‘rmon yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik, Bobur, Afrosiyob, Oybek, Nukus va Sh.Rashidov ko‘chalarida transport vositalari harakati qisqa muddatga cheklanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter