Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chiroyli» avtoraqamlarning narxi arzonlashtirildi

«Chiroyli» avtoraqamlarning narxi arzonlashtirildi

Foto: «Zamin.uz»

Hukumatning 2018-yil 25-iyundagi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Endilikda «chiroyli» raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Bundan tashqari «chiroyli» raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinatsiyasi 2-toifaga o‘tkazildi.

2-toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa eng kam ish haqining 40 baravari (ilgari 70 baravar) etib belgilandi.

Ayrim raqamlar kombinatsiyasi (100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900) ro‘yxatdan chiqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring