Toshkent shahri va Toshkent viloyati haydovchilari chiroyli raqam ishqibozi

2017-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi portalida chiroyli avtoraqamlarini sotish bo‘yicha yangicha tizim yo‘lga qo‘yilgandi. O‘tgan davr mobaynida 1780 dan ortiq avtomashina davlat raqamlari 31 milliard so‘mga sotilgan. Bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida IIV YHXB vakili ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Sputnik».
Chiroyli avtoraqamlar xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasi bilan farq qiladi. Masalan, (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 avtoraqamlar.
Eng faol xaridorlar — Toshkent va Toshkent viloyati haydovchilari bo‘lishdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida ham onlayn-auksionlarga yuqori qiziqish kuzatilgan.
Auksion savdo jarayonida xaridorlar istalgan miqdorda buyurtmalar berishi mumkin. Taklif etilayotgan narx eng oxirgi narxdan baland bo‘lishi kerak. Avtomashina raqamlari sotilishidan olingan mablag‘lar davlat budjetiga tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter